Boshoqli o‘simliklar umrni uzaytiradi

Garvard universiteti mutaxassislari tomonidan ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan va bevaqt o‘lim xavfini oldini olish bo‘yicha 14 ta turli xil tahlillar o‘tkazildi. Har bir tadqiqot 6 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oldi.

Izlanish davomida 780 ming nafar inson ishtirok etdi. Tadqiqot qatnashchilari non tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladigan don turlari – suli, guruch va arpa bilan bog‘liq tahlillar o‘tkazishdi. Guruh a’zolari boshoqli mahsulotlarning 1 porsiyasi (1 porsiya 16 gr qilib belgilangan)ni doimiy ravishda iste’mol qilishi, bevaqt o‘lim xavfini 7 foizga, yurak bilan bog‘liq kasalliklar natijasida yuzaga keladigan o‘lim holatini 9 foizga, xavfli o‘sma kasalliklarini 5 foizga kamaytirishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu mahsulotlarni ovqat ratsioniga kiritish arterial bosim va xolesterin miqdorini pasaytiradi.

Xurshida HUSENOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: