ELYeKTRON DOSKADA OCHIQ DARS

25 fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida algebra fanidan «Algebraik kasrlar va kasrlarni qisqartirish» mavzusida ochiq dars o‘tkazilda.

Elektron doskada innovatsion metodlarni qo‘llash, o‘yin texnologiyalari va animatsiyalar asosida o‘tilgan ko‘rgazmali ochiq darsda respublika ta’lim markazi maxsus bo‘limi mudiri va metodisti, Olmaliq shahar 8-maktab internati o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahar 101-102-maktab internati, Chirchiq shahar 12-sonli maktab-internati matematika fani o‘qituvchilari hamda 7-a sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

—Maktab internatimizda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘quv materiallarini asosan vizoav va sezgi organlari orqali qabul qiladilar.

Birinchi  marta elektron doskada animatsiyalarni qo‘llanilib o‘tilayotgan ochiq darsni tashkil etishdan maqsad, imkoniyati cheklangan bolalar o‘qiydigan boshqa maktab-intentlarda ham uni ommalashtirish, o‘quv materiallarini qabul qilish cheklangan ko‘rish va eshitishdan mahrum o‘quvchilarga interfaol usullar orqali dars o‘tish aynan pedagogik vazifani amaliylashtirishga xizmat qiladi. Yuqori texnologiyalar va innovatsiya hamda interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning fanga qiziqishi ortib, yaxshi natijalarga erishiladi, — deydi ta’lim maskani rahbari Muhayyo Saidikromova.

Matematika o‘qituvchisi Gulnior Soliyeva tomonidan o‘tilgan ochiq darsda master klass ham ko‘rsatilda. «Imkoniyati cheklangan  bolalarga  matematika fanini o‘qitishda AKTdan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish yo‘llari» mavzusidagi master klassda fan o‘qituvchisining 7 yillik ish tajribasi va erishgan yutuqlari mahorat maktabi sifatida  ko‘rsatib berildi.

Amal SOLIYEVA

Yana o‘qing:  Xotin-qizlar muammolari o‘z yechimini topmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: