Qon bosimingiz pasayib ketishning oddiy yechimi

Shunday insonlar borki, ularda past qon bosimi vegetativ asab tizimiga xos tug‘ma xususiyat hisoblanadi. Qon bosimi o‘lchanganda, raqamlar 105/70 ko‘rsatkichidan past darajani ko‘rsatsa, bu – gipotoniya deb ataladi. Uning alomatlari – bosh aylanishi hamda og‘rishi, ko‘ngil aynishi, umumiy holsizlik.

Past qon bosimi ko‘pincha yurak sohasidagi yetishmovchilik belgisi hisoblanadi. Bunda qon yaxshi aylanmaydi hamda tomirlar bo‘shashadi. Bunday holatlar yurakning yallig‘lanish – endo va miokarditlar fonida yuzaga keladi. Quiydagi tavsiyamiz sizga asqatishi mumkin:

  • Jenshen tindirmasi tetiklashtirish xususiyatiga ega, yurak ishini yaxshilaydi. Qon bosimi pasayib ketganda 2 hafta davomida kuniga 3 mahal 15-25 tomchidan qabul qiling. Dozasi oshib ketmasligi kerak. Aks holda, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i kelib chiqishi mumkin.
  • Yarim choy qoshiq zanjabil kukunini achchiq damlangan 1 stakan shirin choyga aralashtiring. 1 hafta davomida 3 mahaldan ichasiz. Dozasi oshib ketmasin!

Nodira HAMROYEVA,

oliy toifali shifokor-terapevt

Yana o‘qing:  ANTIQA KONTAKT LINZALAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: