Xona tozalovchi pardalar yaratildi
IKEA kompaniyasi tomonidan havoni tozalash funksiyasiga ega bo‘lgan maxsus pardalar yaratildi. Uning nomi Gunrid deb nomlangan va kelgusi yil sotuvga chiqarilishi mo‘ljallanmoqda.
Kompaniya yangi mahsulot haqida hali ko‘p ma’lumot bermadi, ammo pardalar ishlab chiqarilgan mato fotokatalizator qatlami bilan qoplangani, bu nur ta’sirida havodagi zararli moddalarni yo‘q qiladi. IKEA ishlab chiqaruvchisi Mauricio Affonso so‘zlariga ko‘ra, texnologiya «o‘simliklardagi fotosintez kabi» ishlaydi.
Ushbu pardalar fotokataliz tamoyili asosida ishlaydi: quyosh nurlari ta’siri ostida matoning yuzasida titanium dioksidning zarralari organik ifloslantiruvchi moddalarning oksidlanishini tezlashtiradi, natijada derazadan kiradigan havo toza bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan may oyida jahon aholisining 90 foizi ifloslangan havoda nafas oldi. Havodagi xavfli moddalar, yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini oshiradi, shuningdek, turli o‘pka kasalliklari, jumladan, saraton kasalliklarini avj olishiga ham sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha, zararli havo tufayli yiliga sakkiz millionga yaqin o‘lim qayd etilgan.
JABBORLI