Salomatlik va xush kayfiyat siri
Doimo salomat bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda yurishni istaysizmi? Unda quyidagi tavsiyalarimiz bilan tanishing.
- Har kuni 30 daqiqa davomida faol jismoniy harakat bilan shug‘ullaning.
- Kun davomida 8 stakan suv iching.
- Nonushtani qirollardek, tushlikni shahzodalardek, kechki ovqatni esa faqirlardek iste’mol qiling.
- Ko‘proq tabiiy mahsulotlarni tanovul qiling.
- O‘z – o‘zingizni tahlil qilish uchun vaqt ajrating
- Yoga bilan shug‘ullaning, tuz va gazli suvlarni kamroq tanovul qiling.
- Ko‘proq kitob o‘qing.
- Kun davomida kamida 10 daqiqa sokinlikda o‘tirish uchun vaqt ajrating.
- Kun davomida 8 soat uxlang.
- Piyoda ko‘p sayr qiling va tabassumni kanda qilmang.
- O‘z hayotingizni o‘zgalar turmush tarzi bilan taqqoslamang.
- Unutmang vaqt hamma narsani davolaydi.
- O‘zingizni yaxshi ko‘ring.
- Energiyangizni safsatabozliklar uchun sarf qilmang
- Vaqtdan unumli foydalaning. Bu uchun sizda barcha narsa yetarli.
- Umringizni birovlarni ko‘ra olmaslik uchun sarf etmang.
- O‘tmishingizga ko‘ning, zero u kelajagingizni barbod qilmasin.
- Sizni o‘zingizchalik hech kim baxtli qila olmaydi
- Yaxshi va yomon vaziyatlar vaqti kelib o‘zgarib turadi.
- Esingizda bo‘lsin: stress ko‘pgina kasalliklar sababchisi sanaladi.
- Qarindosh va yaqinlaringizni tez-tez yo‘qlab turing.
- Insonlar bilan iliq munosabatda bo‘lishga odatlaning.
- Birovlarning siz haqingizdagi fikri sizni aslo hayajonga solmasin.
- Hayot qisqa, lekin undan rohatlanish uchun vaqt yetarli ekanini unutmang.
Xurshida Husenova