Bolalar salomatligi doimiy e’tiborda

Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mehnat qilayotgan yetmish nafarga yaqin malakali shifokor tashxis qo‘yish va davolash ishlarini sifatli bajarish bilan birga tumanlardagi birlamchi shifo maskanlari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini ham izchillik bilan amalga oshirmoqda.

200 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiy markazda jami yigirmata davolash va yordamchi bo‘lim hamda maslahat poliklinikasi ishlab turibdi. Bu yerda Buxoro Tibbiyot instituti talabalari, tibbiyot kollejlari o‘quvchilari amaliyot o‘tashi uchun keng sharoitlar yaratilgan.

(O‘zA)

Yana o‘qing:  Farzand – hayot gultoji

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: