Iqtidorli qizlar saralandi

Hamza tumanidagi 198-umumta’lim maktabining anjumanlar zalida «Zulfiyaxonim qizlari» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan qizlar, beshta – adabiyot, san’at, madaniyat, fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilganlarning saralash bosqichida tumanimizdagi o‘quv-muassasalarida ta’lim olayotgan o‘ndan ortiq iqtidorli qizlar o‘zlarining adabiyot, san’at, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etish va madaniy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash yo‘lida olib borayotgan ijodiy izlanishlarini namoyish etdilar, – deydi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Arzioy Idrisova.

Ishtirokchilar uch bosqichda o‘zlarining qobiliyatlarini namoyish etishdi.

San’at yo‘nalishi bo‘yicha Elnora Abdullayeva, adabiyot yo‘nalishida Muxlisa Tillaxonova, madaniyat yo‘nalishida Kamila Yuldasheva va ta’lim yo‘nalishida Gulhayo Hamidullayeva g‘olib deb topilib, Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildilar.

Tadbir so‘ngida g‘oliblarga ta’sischilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gavhar MUHAMMADJONOVA

Yana o‘qing:  Kitob taqdimoti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: