ONAMGA MAKTUB
Tong. Jiringlar behos telefon,
Go’shakni shart ko’tardim ona.
Ovozingiz jonimga darmon,
Yoshday qalqib turardim, ona.
Mehringizni ichdim, jim, sokin,
Eng beg’ubor tuyg’ular dilda.
Qishloqning bir siqim tuprog’in,
Ko’chirdim men, ona, ko’ngilga.
Orzularim osmon singari,
Ijod qilay, jo’shib, mardona.
Men ketyapman kelajak sari,
Erta-indin qaytaman, ona!
Dilrabo EGAMBYERDIYEVA