Prezident maktablari unda o‘qitish tizimi qay yo‘sinda yo‘lga qo‘yiladi?

Mamlakatning gullab-yashnashi, uning rivoj topishi, dunyo davlatlari ichida o‘zining munosib va mustahkam o‘rniga ega bo‘lishida salohiyatli kadrlarga ehtiyoj seziladi. Yuksak bilimli mutaxassislar esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, ularni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.

Ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoev Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi Prezident maktablarlarining tashkil etilishi borasidagi tashabbusidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shu aslida. Aytish kerakki, bu ezgu tashabbus yurtimizdagi ota-onalar quvonchiga sabab bo‘ldi. Axir kim ham farzandini o‘qitish tizimi ilg‘or, shart-sharoitlari a’lo darajada bo‘lgan Prezident maktabida o‘qitishni istamaydi, deysiz?! Qolaversa, bu holat ko‘p­lab savollarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Ilk Prezident maktabi qayerda va qachon tashkil etiladi?

Prezident tashabbusiga ko‘ra birinchi maktab Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida kelasi o‘quv yilidan tashkil etiladi. Bu kabi ta’lim muassasalari bosqichma-bosqich mamlakatimizning boshqa hududlarida ham ochilishi ko‘zda tutilgan.

Bu kabi muassasalar qanday yo‘nalishlarga ixtisoslashtiriladi kabi o‘rinli savol tug‘iladi. STEAM (Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Ya’ni, Prezident maktablarida yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.

Xorijlik pedagoglar ham dars o‘tadimi?

Prezident maktablarida o‘quvchilarni tanlash va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradilar. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagog­lar jalb etiladi va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi.

Hozirda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Prezident maktablari faoliyati va o‘quvchilarni qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi kerakli me’yoriy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu hujjatlar o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar va qabul qilish jarayonini belgilab beradi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra loyiha 2 oyda tayyor bo‘ladi.

Bunisa TAJIBOYEVA

Yana o‘qing:  Sinxron suzish musobaqasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: