XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012/40)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2012 yil 1-2 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ldi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni matbuotda e’lon qilindi.
  • Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
  • Kechagi kun mamlakatimiz futboli uchun omadli keldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U16) Osiyo chempionati yarim finalida musobaqa mezbonlari Eron terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi chorak final o‘yinlari doirasida o‘z uyida Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” jamoasini xuddi shu hisob bilan yengib yarim finalga yo‘l oldi.
Yana o‘qing:  Yoshlarga saylov qonunchiligi haqida tushuncha berildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: