Chorasizlikda chaqnagan umid uchquni

Odamzod yaralibdiki, bolam deb yashaydi, ularning kamolini ko‘rishni istaydi. Dunyoda biz kabi bolajon xalq bo‘lmasa kerak, nazarimda. O‘zi yemay yedirib, kiymay kiydirib, bir etak farzandni tarbiyalab, uy-joyli qilsa-da tinchimay,“Bolamning bolasi”, “Danagidan mag‘zi shirin” deb nabiralarini o‘ylab kuyinadi.Farzandlar kamoli, nabiralar jamolini ko‘rish albatta, cheksiz baxt.

Andijonlik Ominaxon aya ham nabirasi ­Abduhamid tug‘ilganida juda-juda shodlangan edi, ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. Shifokorlar chaqaloqqa tug‘ma yurak nuqsoni tashxisini qo‘yishdi. Farzandli bo‘lgan ota-onalar quvonishni ham, kuyinishni ham bilmasdi.Ular yursa ham, tursa ham faqat bir narsani o‘ylashadi: nima qilib bo‘lsada Abduhamidning hayotini saqlab qolish kerak.

Oromsiz, halovatsiz kunlarning birida yaqin qarindoshlardan biri “Sog‘lom avlod uchun”xalqaro xayriya fondi haqida aytib qoldi. Chorasizlarning qalbida umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Zudlik bilan fondga murojaat qilishdi.

– U yerda xodimlar bizni ochiq chehra bilan kutib olib, o‘ksik ko‘nglimizni ko‘tardilar. Fond mutaxassislari nabiramni Hindis­tonda operatsiya qilish kerak, deb tavsiya berdilar. Jarrohlik amaliyoti uchun zarur bo‘ladigan mab­lag‘ fond hisobidan to‘lanadigan bo‘ldi. Quvonarlisi, nabiram tez orada tuzalib bag‘rimizga qaytdi. Fursatdan foydalanib, o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘ligini tiklashga barcha shart-sharoitlar yaratgan Prezidentimizga ­oila a’zolarimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, bizni tashvishdan xalos etib, quvonchli kunlarimizga sherik bo‘lgan “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi rahbariyatiga, ushbu tashkilotning jonkuyar xodimlariga tashakkur aytamiz. Ularning xayrli, savobli, shu bilan birga, o‘ta sharafli va mas’uliyatli ishlariga omad tilaymiz. Oramizda shunday insonlar borligidan faxrlanamiz, – deydi Ominaxon aya Abduraimova.

Sog‘lik har narsadan ustun. Agar biror joyingiz og‘risa, shirin taom taxir, baxt baxtsizlikdek tuyiladi. Shunday ekan sog‘ligingizni asrang, azizlar!

Humoyun Quvondiqov

Yana o‘qing:  Tadbiri borga sharoit bisyor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: