Qobiq ichidagi xazina

Azaldan xalq tabobatida yong‘oqdan turli xastaliklarni oldini olishda keng foydalanilgan. Chunki uning tarkibida ko‘plab biologik faol moddalar bor.

Jumladan, yong‘oqda to‘yinmagan yog‘ kislotalari, oqsil, ozuqaviy tolalar, Ye vitamini, kaliy, magniy, mis, rux, marganets, temir hamda selen kabi bir qancha foydali mikroelementlar mavjud.

Masalan, organizm uchun juda kerakli bo‘lgan selen mikroelementi saraton va yurak kasalliklarining oldini oladi, shuningdek, u yod kabi qalqonsimon bezni kasallikdan himoya qilishi uchun ham zarur. Bu o‘rinda Braziliya yong‘og‘i juda foydali hisoblanadi. Mazkur mevaning uch donasi bilan organizmning selenga bo‘lgan bir kunlik talabi qondiriladi.

Bundan tashqari yong‘oqlarda antioksidantlarning katta zahirasi mavjud. Bu bilan u reza mevalarga juda yaqin. Biroq yong‘oqlarda mavjud ko‘p­lab antioksidantlar meva va poliz mahsulotlarida uchramaydi. Masalan, saraton xavfini kamaytiruvchi, apoptoz (hujayralarning nobud bo‘lishi)ni oldini oluvchi, proliferatsiya va angiogenezni sekinlantiruvchi ellag va anakardin kislotasi, resveratrol va boshqa polifenol birikmalar mavjud.

Bir kunda 20-25 gramm yong‘oq iste’mol qilish me’yor hisoblanadi. Uni 2-3 marta, ovqat bilan yoki undan ke­yin iste’mol qilish mumkin. Bunday holatda yong‘oqni maydalash maqsadga muvofiq. Uni taomga, ayniqsa, qaylalarga qo‘shish mumkin. Biroq, termik ishlov berilmaslik juda muhim. Qovurilgan, shakar, shokolad qo‘shilgan yoki pasta ko‘rinishidagi yong‘oq o‘z xususiyatini yo‘qotgan hisoblanadi.

Bu mevaga termik ishlov berilmagani ma’qul. Shunda uning tabiiy mazasi yo‘qolmaydi. Yong‘oqlar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lganligi uchun ular ochiq holda kislorod bilan reaksiyaga kirishib, qora­yib qoladi. Boshqa turdagi yong‘oqlarga nisbatan yeryong‘oq, o‘rmon yong‘og‘i, bodom va kunjut urug‘i bunday tashqi ta’sirdan tabiiy yaxshi himoyalangan. Shuning uchun yong‘oqlarni po‘chog‘idan ajratmagan holda quruq va qorong‘u joyda uzoq vaqt ­saqlansa bo‘ladi.

Dilfuza Azimova

Yana o‘qing:  Igna bilan davolash ozishga yordam beradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: