Kasbga o‘rgatish malakaci: 10-11-sinf o‘quvchilari uchun talablar qanday?

Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yurtimizda kechayotgan o‘zgarishlar jarayonida maktab ta’limiga doir islohotlar alohida o‘rin egallaydi. Ayni islohotlar maqsadli, ota-onalar va pedagoglarning xohish-istagi, maqsad-muddaolari, yoshlarning beg‘ubor orzu-intilishlarini inobatga olgan holda mamlakatimizda belgilangan milliy qonunchilikka tayangan holda qat’iy olib borilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablari tasdiqlandi.

Malaka talablari o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatishning zaruriy bilimlar mazmuniga va amaliy ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, o‘quv yuklamalari hajmi va bajarilishining nazoratini belgilab beradi.

Malaka talablari kasbga o‘rgatish sifati va darajasini baholashda asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu mezon o‘zining idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tomonidan tatbiq etilishi majburiydir.

Kasbga o‘rgatish ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, mazkur Malaka talablarini to‘liq bajargan va yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv-ishlab chiqarish majmualari bitiruvchilariga mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi.

Kasbga o‘rgatish dasturining komponentlariga muayyan kasb bo‘yicha bitiruvchilarga kasbiy fanlar o‘rgatishning muddati, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari tarkibi, hajmi va mazmunini belgilovchi hujjatlar kiradi.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini 10 va 11-sinflarda kasbga o‘rgatish dasturi 2 o‘quv yiliga mo‘ljallangan bo‘lib, har haftada 1 kun 6 soatdan, jami 408 soat hajmida amalga oshiriladi. O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘rgatiladigan kasblarning o‘quv rejasi tarkibiy qismlarga bo‘linadi.

Ayni paytda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, jumladan, amaliy mashg‘ulot xonalarini rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida jihozlash, ularni xomashyo bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini metodik jihatdan kuchaytirish va o‘rta maxsus ta’lim tizimi bilan integratsiyalash choralari ko‘rilmoqda.

Yana o‘qing:  Kitobsevarlar maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: