O‘zbekistonda ilk masofaviy ta’lim oliygohi paydo bo‘ladi
25 oktyabr kuni Toshkent xalqaro Vestminster universiteti binosida Innovatsion Rivojlanish vazirligi hamda Gongkong, AQSH, Germaniya va Yangi Zelandiyaning bir qator ta’lim muassasalari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv tuzildi.
Mazkur hujjat “Innoweek” Xalqaro innovatsion haftaligi doirasida imzolangan o‘nlab shartnoma va memorandumlardan farqli ravishda masofadan turib imzolandi. Xorijiy hamkorlar mazkur loyihaga 40,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritadi. Loyiha doirasida oliy ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlarini va texnikalarni joriy qilish hamda masofadan oliy ma’lumotga olmoqchi bo‘lgan talabalar maxsus platformadan foydalangan holda chuqur bilimlarni egallashadi.