Sovuq dush immun tizimini mustahkamlaydi
Angliyadagi “Thrombosis Research” instituti o‘tkazgan izlanishlarda har kuni sovuq dush qabul qiluvchilarda viruslarga qarshi kurashuvchi oq qon tanachalari – leykotsitlar miqdori issiq dush ishtiyoqmandlariga qaraganda ko‘proq bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqotchilar buni organizmning o‘zini‑o‘zi isitish maqsadida moddalar almashinuvining jadallashishi bilan bog‘lashmoqda. Bu paytda organizmimiz tashqi haroratning keskin o‘zgarishini tahdid sifatida qabul qiladi va “engil stress”ni boshidan o‘tkazadi. Shundan so‘ng tanamiz immun tizimini faollashtirib, ko‘p miqdorda oq qon tanachalari ishlab chiqarilishiga turtki beradi.