“Uxlab yotgan” xastalikni uyg‘otmang!

Oila qurish ostonasida turgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bir qatorda oila qurishga jismonan va ruhan tayyor bo‘lishlari kerak. Bu omillarning barchasi sog‘lom oilani shakllantirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardir. Lekin olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlariga qaramasdan shu kunlarda ham qon-qarindoshlar o‘rtasida nikohdan o‘tish holatlari uchrab turibdi.

Hozir ko‘p davlatlarda shu qatorda O‘zbekistonda ham eng yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh qonun bilan taqiqlangan. Lekin qon-qarindoshlikchi? Bu haqida olimlar fikri qanday? Qon-qarindoshlik nikohlari (qoni qo‘shilgan qarindoshlar) tibbiy nuqtai nazardan gen orqali ko‘zga ko‘rinmagan “uxlab yotgan” kasalliklarning yuzaga chiqishiga imkon yaratish ehtimolini oshiradi. Shu o‘rinda aytishingiz mumkin qarindosh bo‘lmagan oilalarda ham nogiron farzandlar uchrab turadi-ku, deb. Bu shubhasiz, lekin yaqin qon-qarindoshlik nikohlaridan tug‘ilajak farzandlarda irsiy kasallik rivojlanish xavfi teng barobariga ortishini genetik mutaxassilar ta’kidlab o‘tishgan. Hattoki, qand kasalligi (diabet), xafaqon (gipertoniya) hamda o‘sma (rak) kasalliklari, jigar sirrozi va turli irsiy xastaliklar – fenilketonuriya, mukovissidoz, gipoterioz Daun kasalligi kabi nasl suradigan dardlar shular jumlasidandir. Yaqin qarindoshlar oila qurganida tibbiy tilda aytganda ushbu kasalliklarga moyillik yanada ortadi. Nosog‘lom turmush tarzi yohud tashqi omillar irsiyatda mavjud bo‘lgan kasalliklarni yuzaga chiqishiga sababchi bo‘ladi. Irsiy kasalliklarning hammasi chaqaloq tug‘ilishi bilan namoyon bo‘lmaydi. Ularning ba’zilari go‘daklik davrida uchrasa, ayrimlarining belgilari o‘rta yosh, hattoki, odamning qarilik davrida ham yuzaga chiqishi mumkin.

Irsiy dard bilan xastalangan farzand dunyoga kelganda bu nafaqat bir oila fojeasi balki jamiyat uchun ham katta tashvish hisoblanadi. Avvalo, nogiron farzandning taqdiri hal bo‘lishi bilan bog‘liq psixologik, moliyaviy, ma’naviy muammolar yuzaga chiqishni boshlaydi. Qavm-qarindoshlar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi. Bu oila jamiyatdan tobora uzila boradi va hakozo. Shu kabi muammolar kattayu kichikni yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh haqida chuqur mulohaza qilib ko‘rishga undaydi. Shunday ekan kelajagimiz poydevori bo‘lgan yosh avlod tarbiyalanadigan oilalarning ma’nan, jismonan, ruhan sog‘lom tarzda yaratish masalasi har bir ongli insonning o‘z qo‘lidadir.

 

Ma’lumot o‘rnida

Irsiy kasalliklarning shu kunga qadar 2000 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning hammasi chaqaloq tug‘ilishi bilan namoyon bo‘lmaydi.

 

Yana o‘qing:  Xalq salomatligi yo‘lida hamkorlik

Gulchehra JO‘RAYEVA,

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi mutaxassisi, oliy toifali shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: