Hamisha el-yurt e’zozida

Sog‘lom avlodni tarbiyalash mustaqillikning ilk kunidanoq, davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, umumxalq harakatiga aylantirildi. Zero, millatni tarbiya asraydi va ulug‘laydi, degan shior xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ustoz-shogird an’anasi xal­qimizning qadimiy go‘zal qadriyatlaridan biri, ajdodu avlodlarni bog‘lovchi, ezgulikka chorlovchi, jamiyatda uyg‘unlikni ta’minlovchi ko‘prikdir. Ustoz-shogird esa ana shu oliy maqsad – mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarni barkamol qilib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadi.

Hozirgi paytda butun jahon ta’lim-tarbiyani individuallashtirish yo‘lidan bormoqda. Ushbu ta’lim-tarbiya usuli xalqimizning ustoz-shogird an’analariga mos keladi. Ustozlik – bu juda katta mas’uliyat bo‘lib, murabbiy chuqur bilim egasi bo‘lish bilan birga, go‘zal axloq sohibi ham bo‘lishi zarur. Shuning uchun, avvalo, barkamol inson darajasiga munosib murabbiylarni tayyorlash lozim. Ana undan keyin ular ham o‘ziga munosib shogird tayyorlaydilar. Ustoz-shogird tizimining rivojlantirilishi jamiyatda ham insoniy fazilatlarga hamda kasbiy mahoratga ega kishilar ko‘payib borishiga zamin tayyorlaydi.

Sharqda ustoz-shogird munosabatlari ilmiy ta’lim, kasb egallash, umuminsoniy va milliy axloq andozalariga rioya etishning muhim jihatini o‘ziga qamrab olgan. Ustozlik faoliyatining maqsadi xalqning baxt-saodatga erishish yo‘llarini qidirishga, izlanishga tayyorlashdir.

Shuning uchun mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlashga, ularga imtiyozlar yaratib berishga alohida e’tibor beriladi. Masalan, mamlakatimizda nishonlanadigan mutaxassislar kuni ko‘p, biroq, faqat 1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi va dam olish kuni deb belgilangan. Ijodiy va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadigan, yuqori umumiy kasbiy madaniyatga ega mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirish ko‘zlangan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Ayni kunda mamlakatimizda o‘n mingga yaqin umumta’lim maktabi, 500ga yaqin akademik litsey va kollejlar, 60dan ortiq oliy o‘quv yurtlari samarali faoliyat olib boryapti.

Milliy dasturda professor-o‘qituvchilar tarkibini, pedagoglarni, murabbiylarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlashning eng maqbul yo‘li ekanligi belgilab berildi. Unda maktabgacha ta’limdan tortib to doktoranturaga qadar katta e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, pedagoglarni rag‘batlantirilishining ham ahamiyati katta. Ularga «O‘zbekiston Respublikasi Xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» davlat unvonlari va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni joriy qilingan. Davlat unvonlariga sazovor bo‘lgan kishilarning oylik maoshlariga qo‘shimchalar beriladi.

Yana o‘qing:  ZAMONAVIY TENNIS MAKTABI

1997 yil birinchi sentyabrdan maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi, o‘quvchilarning yozma ishlarini tekshirganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mus­taqilligi arafasida beriladigan «O‘zbekiston Qahramoni» faxriy unvoniga shu bugunga qadar yurtimizdagi fidoyi o‘qituvchilardan bir qanchasi sazovor bo‘lgani ham ularga bo‘lgan yuksak e’tibordan dalolatdir.

Shu bilan birga, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab uy-joylar xususiylashtirilayotganda o‘qituvchilarga yengilliklar berildi. Kommunal to‘lovlarda ham, yakka tartibda turar-joy qurish uchun yer maydonlari ajratilishida ham, shaharlarda ko‘p qavatli uylardan joy berilishida ham o‘qituvchilarga keng imtiyozlar berildi.

Yana shuni alohida qayd etish kerakki, mustaqillik yillarida pedagog tadbirkorlar sinfi shakllandi. Ko‘plab pedagoglar davlatdan kredit olib, hunarmandchilik bo‘yicha ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘ydi va turli xil tanlovlarning g‘olibi bo‘lmoqda.

Javlon SA’DULLAYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: