“Ko`rib ko`zim quvnaydi”
Kapalak
Nozik-nafis kapalak,
Uchib-qo`nsang gullarga.
Ko`rib ko`zim quvnaydi,
Shod boqaman yo`llarga.
Olislarga ketmagin,
Gulga sirdosh bo`lasan.
So`zim bordir o`zingga.
Yonimga kel bilasan.
Ziyo maskani
Maktabim qadrdonim,
Bag`ri quyosh ziyosi.
Ta'lim berar ustozim,
Kengdir bilim dunyosi.
Kitoblarga makondir,
Biz sevgan kutubxona.
O`qiymiz o`rganamiz,
U misoli nurxona.
Shoshilamiz bag`riga.
Ona maktab – jon maktab,
Dunyoviy bilim bergan,
Doim yuramiz maqtab.
Nafisabonu HULKARXON qizi,
Termiz shahridagi 11-maktab o`quvchisi