Masala

Aya, – deya o‘g‘li kitobini ko‘tarib, serial ko‘rayotgan onasining oldiga keldi. – matematika fanimdan masalamga qarashvoring…

– O‘chirib tur, – o‘g‘lini jerkib solgan ona ko‘zlarini ekrandan uzmasdan quloqlariga qistirilgan telefoniga shang‘illadi: – Ko‘rdingmi, Shaxxi, to‘g‘ri qildi yolg‘on aytib… aytuvdim-ku buyam eriga qasdma-qasd xiyonat qiladi deb… Ajab qildi…

O‘g‘il telefon titkilayotgan otaning tepasiga bordi:

– Dada…

Ota boshini ham ko‘tarmasdan qo‘l siltadi. Mitti ekranda kunning eng muhim voqealari tasvirlari o‘ta boshladi: Yaponiyada zilzila, AQSHda dovul, Indoneziyada vulqon, Afg‘onistonda portlash…

Masala yana yechilmadi.

Shundoqqina qo‘shni xonada kitobini uloqtirib uxlashga yotdi – ulg‘ayayotgan yolg‘on… xiyonat… zilzila… vulqon… dovul… bomba…

 

Nuriddin EGAMOV

Yana o‘qing:  Til ham og‘riydimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: