Tedros Gebreyesus: “O‘zbekistonda tibbiyot sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”

Italiya poytaxti Rim shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etayapti.

Joriy yil 17 sentyabr kuni ochilgan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan bog‘liq qator muhim masalalar, jumladan, 2018 yilda Yevropada sog‘liqni saqlash holati, tibbiyot va aholi farovonligini qo‘llab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan ko‘plab yo‘nalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.

Sessiyada tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Chunonchi, ekologiyaning dunyo xalqlari salomatligiga ta’siri, oziq-ovqat standartlari, birlamchi tibbiy yordamning o‘rni hamda turli yuqumli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, dori-darmon narxlari, tamaki va alkogol iste’molining zararlari, jismoniy faollikning ahamiyati, semirishning oqibatlari keng muhokama etilmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasisog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida yurtimizda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi reja va dasturlar haqida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida Tedros Gebreyesus ham aholi salomatligini asrashni asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilash bu kelajak avlodlar kamolga yetishining eng to‘g‘ri yo‘li ekanligini ta’kidladi. Bu sog‘lom jamiyat barpo etish va har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish kafolatidir. Shu ma’noda O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olganligi bilan ko‘plab mamlakatlarga namuna bo‘lishini e’tirof etdi. Shuningdek, u JSST va O‘zbekiston o‘rtasida mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini hamda O‘zbekistonga amalga oshirilajak tashrifni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.

Delegatsiyamiz Rossiya, Belarus, Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston hamda Tojikiston davlatlarining delegatlari bilan ham kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqbolli rejalar xususida ikki tomonlama samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sessiya ishi bugun yakunlanadi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Bolalarda nega adenoid rivojlanadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: