Chorak asr sarhisobi

 O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Yong‘in xavfsizligi institutining 25 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbir tashkil etildi.

Anjumanda mamlakatimizda yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolar va yong‘inga qarshi muhofazani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.

O‘tgan davrda mazkur ta’lim dargohida 7 ming 500 nafardan ortiq malakali mutaxassislar tayyorlanib, ular ayni paytda fuqarolarning hayoti, mol-mulkini yong‘indan himoya qilishda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Institut professor-o‘qituvchilari tarkibida 2 akademik, 5 fan doktori va 20 ga yaqin fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatmoqda. “2017–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarni rivojlantirish strategiyasi” asosida soha olimlari 14 yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Tadbirda institutda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligi tomonidan “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Farhodjon XOJAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti o‘qituvchisi, katta leytenant

Yana o‘qing:  "Kamolot" kubogi" o‘z egasini topdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: