Nimani his qilasiz, askar do‘stim?

Esimni taniganimdan beri yaqinlarimdan olisda bo‘lganman. Avval otamning ishi sabab, keyin ta’lim taqozosi bilan.

Men ixtisoslashtirilgan o‘g‘il bolalar maktab-internatida besh yil o‘qib, yashadim. Bu endigina esini tanib borayotgan, hali yaqinlari mehri, diydoriga to‘ymagan bola uchun katta muddat edi.

Maktabimizda faqat o‘g‘il bolalar o‘qirdi. Qayerga qarama o‘g‘il bola, xuddi harbiy xizmatdagidek. Rosti, maktab hayoti, kun tartibi harbiy xizmatchilarnikidan deyarli farq qilmasdi. “Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun” degan qoidaga amal qilardik. Bir do‘stimiz xato qilsa, hammamiz javob berardik. Ovqatlanishga ham, mashg‘ulotlarga ham saf bo‘lib borardik. Belgilangan qat’iy tartib asosida o‘qirdik. Ertalab barvaqt uyg‘onish, keyin badantarbiya, nonushta, so‘ng mashg‘ulotlar…

Ammo buning foydasini keyin bildim. Vaqtning qadriga yetishni o‘rgandim. Bugun men bilan o‘qigan bolalar hayotda o‘z o‘rnini topib bormoqda.

Bular haqida nega yozayapman? Sababi bor. Chunki yaqinlaringizdan olisda sizga sog‘inch hissi tinchlik bermaydi. Shunda ularning qadrini bilasiz. Bilib-bilmay qilgan xatolaringiz, bolalarcha qilgan erkaliklaringizni eslab uyalasiz. “Qani edi ularning yonida bo‘lsam-u e’zozlasam”, deysiz. Ana shundan boshlanadi vatanparvarlik. Chunki Vatan – uyda issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, siz uchun tandir-tandir non yopgan, ortingizdan termulib qolgan ona, sizni ich-ichidan yaxshi ko‘rsa-da, andisha sabab buni oshkor qilmaydigan ota, siz bilan birga katta bo‘lgan aka-ukalar, mehribon opa-singillardir. Men maktab-internatda o‘qib yurganimda shularni his qilganman.

 

Siz-chi, askar do‘stim, Vatan xizmatida turib nimalarni his qilyapsiz?

 

Sherzod MAHMUDOV,

“Harbiy jurnalistika” mahorat maktabi tinglovchisi

Yana o‘qing:  Yoshlar – millatning ertasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: