Mustaqil yurt manzaralari

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida iqtidorli mo‘yqalam sohibi Zuhriddin Islamshikov o‘zining shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda ijodkorning yosh shogirdlari ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda fondning xorijiy hamkorlari faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi. Rassomning yaratgan ijodiy ishlari bir qator xorijiy mamlakatlar, xususan, Germaniya, Turkiya, Yaponiya, Belgiya va AQSHning mashhur kolleksiyalaridan o‘rin egallagan. Bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada rassomning mustaqil yurt manzaralari aks etgan asarlari taqdim etildi.

Tadbir so‘nggida rassom va uning shogirdlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yana o‘qing:  Yosh futbolchilarimiz g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: