AYLANAYIN ELIMDAN
Yurtim, mehring yuragimga jo,
Muhabbating tafti dilimda.
Aylanayin, yuzi munavvar,
Mehmonnavoz, tanti elimdan.
O`g`lonlari yovga bermas yon,
Sarhadlarni tutar mustahkam.
Turmush obod va el farovon,
Qalbda olam shodliklari jam.
Ko`z-ko`z etar chiroyin bog`lar,
Ulashadi elga nasiba.
Nabirasin bag`riga olib
Bobolari qilar nasihat.
Tong otadi – yangi kun zavqi,
Bunyodkorlik zavqi dilimda.
Aylanayin, yuzi munavvar,
Mehmonnavoz, tanti elimdan…
Robiya QOBILOVA,
Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi 34-maktab 9-sinf o`quvchisi