Homiladorlar nega faqat o‘zimizning mahsulotlarni tanovul qilishi kerak?

Bugun dunyo olimlarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasidagi kasalliklar 5 martaga, ovqatga nisbatan allergiya 10 martaga, tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish 2 marta oshib borayotgani tashvishga solmoqda.

Keyingi o‘n yilda homilador ayollarning 16,8-20 foizida patologik semirish qayd qilingan bo‘lsa, ular qayta tuqqanlarida bu ko‘rsatkich yana ikki martaga ko‘paygan.

Olimlar homiladorlikda uchraydigan bu o‘zgarishlarga ko‘proq ekologik omillarni sabab qilib ko‘rsatishadi. Bu omillarga yurtimizga chetdan kirib kelayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ham kiradi, degan fikrdamiz.

To‘g‘ri, aholi soni, migratsiyasi va oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi mahsulotlarning import qilinishi hajmi oshishiga olib keladi. Ammo mavjud muhitda yetishtirilgan mahsulotlarga moslashgan odamning fiziologik xususiyati, immun tizimi chetdan keltirilgan oziq-ovqatlarga tezda moslasha olmaydi. Ayniqsa, homilador onaning organizmi turli o‘zgarishlarga uchraydi. Biroq, embrion va homilaning o‘zgara olmaganligi oqibatida turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Mahsulotlarning homilador ayol organizmiga va uning homilasiga ta’siri yetarlicha o‘rganilmayapti. Aksariyat davlatlardagi sarmoyadorlar kasalliklarning asl sababini izlash o‘rniga yangidan-yangi dori-darmonlarni yaratish va uni ishlab chiqarishga katta mablag‘ sarflashmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot institutining olimlari MDH davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib ana shu muammo yechimi ustida bosh qotirmoqda. Ya’ni, ular «Homilador ayollarda virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va uni davolash standartlari» ustida ish olib bormoqda. Mazkur innovatsion g‘oyada mahalliy iqlim sharoitida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ona va bola sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qilishi isbotlab berildi.

Homilador ayollarga ko‘proq meva-sabzavotlar va kimyoviy aralashmalar qo‘shilmagan oziq-ovqatlardan iste’mol qilishning tavsiya etilishi mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy harakatlarga uyg‘undir.

 

Absamat OSLANOV,

Samarqand davlat tibbiyot instituti assistenti

Yana o‘qing:  Bezgakdan yiroq bo‘lay desangiz...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: