O‘quvchining odobi uning yurish-turishi, kiyinish madaniyatida namoyon bo‘ladi

Insonning tashqi ko‘rinishi, uning ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan munosabat o‘sha odamning go‘zallik va odob borasidagi qarashlarini o‘zida ifoda etadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘g‘il bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilgan yoki pirsing qilingan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yalgan holda kelishlari ta’qiqlanadi.

Qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilgan yoki pirsing qilingan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktab formasining nimchasi yoki kostyumini, ko‘ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki o‘qish davrida o‘quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.

 

– Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilmoqda. Bu tartib 2018-2019 o‘quv yilida ixtiyoriy, 2019-2020 o‘quv yilidan esa majburiy bo‘ladi, – deydi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tog‘ayev. – Namuna formaning tasdiqlanishida uning bola salomatligiga salbiy ta’sir etmasligi ham e’tibordan chet qolmagan. Qolaversa, milliy mentalitet, iqlim sharoitlari hisobga olingan. Tasdiqlangan maktab formasi 3 yil davomida sinovda bo‘ladi. Bu vaqt davomida berilgan taklif, mulohazalar yordamida yanada takomillashtiriladi. Maktab formasini sotib olishda ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishi belgilangan.

 

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirishi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etadi.

Yana o‘qing:  Bilimdon bola qanday tarbiyalanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli to‘qimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi.

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: