O‘zbekistonlik bolalar yaratgan robot

Xitoyda “Andijon polkasi” raqsini ijro etdi

 

 Joriy yilning 15-17 avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida Robototexnika bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining robototexnika loyihalari tanlovi ham tashkil etildi. Tanlovda jahonning 20 dan ziyod mamlakatidan 350 nafardan ortiq bola ishtirok etib, o‘zbekistonlik Sitora Islamova (2006 yilda tug‘ilgan) va Artem Dolganovskiylar (2012 yilda tug‘ilgan) “Ijod” yo‘nalishining “Shahar” nominatsiyasida oltin medal va “Oltin sovg‘a” kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik ishtirokchilarning “Robot-ofitsiant”i mehmonlarga o‘zbek zamini noz-ne’matlari va shirinliklarini yetkazib berish mahoratini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchi robot “Andijon polkasi” raqsini ijro etib, yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Hay’at a’zolari baholashda kreativ dizayn, robotning barqarorligi, buyruqlarni aniq bajarish qobiliyati kabi mezonlarga tayandi. Shuni qayd etish joizki, o‘zbekistonliklar tanlovda ishtirok etgan Markaziy Osiyo mintaqasidan yagona jamoa hisoblanadi.

Xitoydan qaytib kelgan Sitora Islamova va Artem Dolganovskiylar joriy yilning 30 noyabr 1 dekabr kunlari Tailandda o‘tkaziladigan Neyrotexnologiyalar va robototexnika bo‘yicha xalqaro tanlovga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Toshkent shahar hokimligi jamoaga barcha zarur sharoitlarni yaratish ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turin politexnika universitetida bolalar bog‘chalari tarbiyachilari va pedagoglar uchun robototexnika kurslari tashkil qilib kelmoqda.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  BAG‘RINGDA BAG‘RIM BUTUN...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: