Bardavom qadriyatlar

Yurtimizda aholi salomatligiga, ularning tibbiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlashga doir qabul qilinayotgan qarorlar, davlat dasturlari sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirmoqda.

Bu borada ayniqsa, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining olib borayotgan ishlari tahsinga loyiq. Jumladan, jamg‘armaning Qashqadaryo viloyat tayanch maskani xodimlari tomonidan yil davomida keksalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari xolidan xabar olinib, ularga dori-darmonlar, kiyim-kechaklar tarqatildi.

Viloyat tayanch maskani doimiy ravishda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, kollej va litseylar hamda ichki ishlar va bosh­qa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi. Mana shunday hamkorlik natijalarida jamg‘arma joylarda «Ogohlik – davr talabi», «Giyohvandlik – asr vabosi» kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil etib kelmoqda.

Bundan tashqari jamg‘armaning viloyat tayanch maskani xodimlari tomonidan mahallalarda, chekka qishloqlarda tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, aholi salomatligi chuqur tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, qizlarni oilaviy nikohga tayyorlash, erta nikohni oldini olish, majburiy ta’limni to‘liq qamrab olish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha» komissiya majlisining bayonnomasi bo‘yicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Qamashi, Koson, Mirishkor tumanlarida, Qarshi shahridagi bir qator mahallalarda ota-ona va farzandlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq, keksalarga hurmat, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari kabi umuminsoniy fazilatlar haqida ma’ruzalar tashkil qilindi.

Mustaqilligimizning 22 yilligi munosabati bilan extiyojmand oilalarning 36 nafar farzandlarining sunnat to‘yi hamda ikki juft yoshlarning nikoh to‘ylari o‘tkazildi.

Bir so‘z bilan aytganda, jamg‘arma tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Hulkarxon NURMAMAT qizi,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi

Yana o‘qing:  Birisin oy angla, birisin quyosh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: