Barcha tuman va shaharlarda qizlar salomatligi markazi bo‘limlari tashkil etildi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo‘limi negizida Respublika qizlar salomatligi markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar o‘smirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bo‘limlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boshladi.

Bundan tashqari qizlarimizga malakali ginekologik ambulator yordam ko‘rsatish maqsadida barcha tuman va shaharlardagi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikalarda qizlar salomatligi bo‘limlari tashkil etildi. Ushbu markazlar qiz bolalar va o‘smir qizlarga yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy infrastrukturasini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Keyinchalik ushbu markazlarga bo‘lgan talabga qarab, faoliyat qamrovini yana kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  Insultdan keyin miyaning qayta tiklanishi isbotlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: