Senat kengashi to‘ylar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi

13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari muhokama qilindi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 29 iyunda “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan komissiyalarning namunaviy nizomi va ularning namunaviy tarkibi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda namunali oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish va ushbu yig‘inlarni o‘tkazish vaqtida milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan marosimlarga, nomaqbul odatlarga va ularning salbiy oqibatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borish, urf-odatlarni mensimaslik, isrofgarchilik holatlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish kabi masalalar komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi. Bundan tashqari qarorda mamlakatimizdagi barcha fuqarolar yig‘inlari huzurida oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish belgilandi.

Yana o‘qing:  Yangi darsliklar taqdimoti o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: