Ko‘chalarni ifloslantirganlik uchun jarimalarni oshirish taklif qilindi

 «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida ko‘cha-ko‘yga chiqindi tashlaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish taklifi o‘rin olgan petitsiya e’lon qilindi.

Murojaat muallifi Anton Kudryavsevning yozishicha, duch kelgan joyga chiqindi tashlanaverganligi sababli axlat uyumlari paydo bo‘lib, shahar va qishloqlar qiyofasi va sanitar-gigiyenik holati yomonlashmoqda, O‘zbekiston tabiatiga salbiy ta’sir ko‘rsatilmoqda.

Murojaatda qayd etilishicha, hozirgi jarimalar miqdori kam bo‘lgani uchun jarimaga tortish tizimi o‘z samarasini berayotgani yo‘q. Anton Kudryavsevning fikricha, jarimalar miqdorini eng kam ish haqining 10 dan 30 barobarigacha kuchaytirish orqali ko‘chalardagi chiqindilarga qarshi kurashish mumkin. Muallif Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ushbu mazmundagi moddani kiritish va ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirishni taklif qilmoqda.

«Jahon amaliyoti yuqori jarimalar va bayonnomani rasmiylashtirish jarayonining sodda tizimi samaradorligini ko‘rsatdi. Ko‘chalardagi tozalik bo‘yicha yetakchi hisoblangan ko‘plab mamlakatlarda (AQSH, Avstriya, Buyuk Britaniya, Singapur, Irlandiya, Avstraliya, Yaponiya, Gruziya, Belorus) jarima miqdori 100 dollardan boshlanadi, bundan tashqari aybdorlar jamoat ishlariga jalb qilinib, qoidabuzarlik takror sodir etilsa, qamoq jazosiga ham hukm qilinishi mumkin», — deb yozadi muallif.

Mazkur murojaatni yana 89 kun qo‘llab-quvvatlash mumkin.

Yana o‘qing:  Oila-mahalla-ta’lim muassasasi: muvaffaqiyatli hamkorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: