Kanoechilarimizdan yana bir medal
Germaniyaning Duysburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning yetmishdan ziyod mamlakatidan bir yarim ming nafardan ortiq sportchi o‘zaro kuch sinashdi.
Nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Vadim Menkov kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 500 metr masofalik poygada marraga ikkinchi kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bu — hamyurtimizning jahon chempionatlaridagi beshinchi sovrini bo‘lib, avvalgi jahon chempionatlarida ikkitadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.