Paketchali choy xavflimi?
Paketchalarga solingan choy iste’molda ommalashgan va anchayin qulay hisoblanadi. Biroq bunday choy salomatligimiz, xususan, tishlarimizning sog‘lig‘i uchun xavfsizmi?
Vashington universiteti olimlari paketchalardagi choy va uning inson salomatligiga qanday ta’sir qilishiga bag‘ishlangan tadqiqotni o‘tkazdi.
Ular paketchali choylarda ftoridlar miqdori ruxsat etilganidan sezilarli darajada yuqori ekanini aniqladi. Tadqiqotchilar choy tarkibida ftorning ko‘p miqdorda bo‘lishi flyuoroz, ya’ni tish emalida och rangli dog‘lar paydo bo‘ladigan kasallikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiradi. Ayrim holatlarda bu tishlarning mo‘rt bo‘lib qolib, maydalanishiga sababchi bo‘lar ekan.
Bundan tashqari, ruxsat etilmagan miqdordagi ftoridlar umuman suyaklarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jigar, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga olib keladi.