Raul Kuper: qisqalik, sekinlik va aniqlik uning rejasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper bosh murabbiy etib tayinlandi.

Kuper mamlakatimiz futbolini yangi bosqichga olib chiqish uchun taklif etildi. Asosiy maqsad, futbol bo‘yicha milliy terma jamoamizni JCH-2022ga olib chiqish hamda Osiyo kubogi-2019 da munosib ishtirokini ta’minlash.

Mutaxassis avvalo, O‘zbekistonga kelganidan mamnun ekanligini bildirdi. U o‘z so‘zida bosh maqsadi milliy terma jamoa bilan yaxshi natijalarga erishish ekanini ta’kidladi.

“Qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman. Birinchi navbatda, bir g‘oya ostida birlashishimiz lozim. Eng muhimi, futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida iliq munosabat bo‘lishi kerak. Hamma murabbiylar singari mening ham shaxsiy rejalarim bor. Olimpiya terma jamoasi futbolchilari uchun men javobgar emasman. Ularning o‘yinlarini kuzatishim mumkin xolos. Mening asosiy rejam – qisqalik, sekinlik va aniqlik”, dedi Kuper. Shuningdek, mutaxassis futbolchi va murabbiylar shtabi bilan tanishib olishini, milliy chempionatdagi o‘yinlarni muntazam kuzatib borishini aytdi.

Yana o‘qing:  “Orzu”da orzudagi uylar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: