Saratonga sabab – asosiy oziq-ovqatlar

Olimlar bir necha yillik tibbiy xulosalardan so‘ng saraton kasalini keltirib chiqaruvchi asosiy ikkita mahsulotni aniqlashdi.

Ularning fikriga ko‘ra me’da va ichaklarda saraton kasalining paydo bo‘lishiga birinchi navbatda qayta ishlangan qizil go‘sht iste’mol qilish kirar ekan. Aniqrog‘i, go‘shtning o‘zi emas, uni uzoqroq saqlab turish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shiladigan nitrat va nitrit kimyoviy moddalari saratonning kelib chiqishiga sababchisidir.

Tadqiqotlarga ko‘ra ularning kuniga 50 gramm bekon iste’mol qilishlari o‘sma xastaligi kasali paydo bo‘lishi ehtimolini 18 foizga oshiradi.

Rak kasalini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi o‘rinda – shakar turar ekan. Bu borada aniq dalillar topilmagan bo‘lsada bugungi kunda ushbu mahsulot juda ko‘p yeguliklar tarkibiga qo‘shilishi isbotlandi. Buning oqibatida odamlarda ortiqcha vazn paydo bo‘lishi kuzatilmoqda. Ma’lumki, ortiqcha vazn – rakning paydo bo‘lish ehtimolini bir necha barobar oshiradi.

Shu o‘rinda olimlar organizmda kanserogen moddalar oshishi va rak kasali paydo bo‘lishining oldini olish uchun ko‘k choy, anor, baliq, ko‘katlar va rezavor mevalar, sarimsoqpiyoz, piyoz va ko‘proq meva-sabzavotlar hamda gazsiz mineral suv iste’mol qilishni maslahat berishmoqda.

Yana o‘qing:  UYQUCHANLIK (narkolepsiya) qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: