Ilmga intilish yurakni asraydi, miyani esa yoshartiradi
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra qisqa ta’lim olish yurak kasalliklari paydo bo‘lish ehtimolini deyarli ikki barobarga oshiradi.
Mutaxassislarning o‘ttiz yillik tadqiqot natijalariga qarab shunday xulosa chiqarildi. To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, agar ayol kishi faqatgina maktabni tamomlagan bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 51 foizga ko‘tarilar ekan. Agar u oliy o‘quv yurtida o‘qigan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil etadi. Bunday holat erkaklarda ham kuzatildi. Biroq, ko‘rsatkichlarda sezilarli farq bor. O‘rta ma’lumotlilarda kasallanish xavfi 59 foiz bo‘lsa, oliy ma’lumotlilarda 42 foizni tashkil etdi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish aqli zaiflikka qarshi kurashishga yordam beradi. Barchasi ta’lim olish vaqtidagi rag‘batga ham bog‘liq. Bu miyani charxlash uchun turtki bo‘ladigan mutolaa sababli aql zahirasini shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, ta’lim olishga qaratilgan har bir yil aqli zaiflik xavfini 11 foizga kamaytiradi.
Mirjalol MADVALIYEV tayyorladi.