E’tibor va imkoniyat mahsuli
Bolgariyaning Plovdiv shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jahonning 85 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur chempionatda sportchilarimiz ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Turnirning qizlar o‘rtasida o‘tgan S-2 yo‘nalishida 200 metrlik masofaga eshkak eshgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova tandemi kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining kumush medalini taqdim etdi. Shuningdek, yigitlar o‘rtasidagi S-2 qayig‘ida 500 metr masofaga eshkak eshgan Artur Guleev va Elyorjon Mamadaliyev terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.