Markaziy Osiyo turniri nihoyasiga yetdi
Poytaxtimizda futbol bo‘yicha 15 yoshli bolalar o‘rtasida Markaziy Osiyo turniri yakunlandi.
Musobaqada hamyurtlarimiz bilan birga Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Eron terma jamoalarining yosh futbolchilari ishtirok etdi.
Futbol bellashuvlarining so‘nggi turi nihoyasiga yetgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra Eron futbolchilari Markaziy Osiyo turniri g‘olibi bo‘ldi. Yosh futbolchilarimiz ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga loyiq deb topildi. Tojikiston jamoasi musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, turnirda “Eng yaxshi futbolchi”, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominatsiyalar ham o‘z egalarini topdi.