O‘zbekiston – iste’dodlar yurti

Urganch tumanidagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Shohruxxon Azamat o‘g‘li shu yil aprel oyida Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan 7-xalqaro tanlovda fortepiano yo‘nalishida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Yosh musiqachi 2017 yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti respublika festivalining Xorazm viloyati bosqichida I darajali diplom sohibi bo‘lgan. Aytish kerakki, Chakkasholikor qishlog‘ida tug‘ilgan yosh musiqachining yutuqlari mamlakatimizda yosh avlod vakillariga yaratilgan keng imkoniyatlar tufaylidir.

Shohruxxon endigina o‘n ikki yoshga qadam qo‘ydi. U bu yil 19-umumta’lim maktabining 6-sinfiga o‘tdi. Yosh musiqachi ta’lim maskanida a’lo baholarga o‘qish bilan birga, bo‘sh paytlarida bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano yo‘nalishida tahsil oladi. O‘tgan qisqa vaqt ichida u ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shohruxxon yozgi ta’til bo‘lishiga qaramay, hozirda ustozi Zokir Atajanov bilan fortepiano bo‘yicha mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

 

J. SA’DULLAYEV

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: