Xalq ta’limi vazirligi har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi!

Xalq ta’limi vazirligi Samarqand shahridagi 64-sonli maxsus maktabda o‘quvchi bolalar qiynoqqa solinishidan chuqur tashvishda ekanini bildirmoqda.

Vazirlik rahbariyati mazkur holat bo‘yicha chuqur tashvishda va zudlik bilan Samarqand shahridagi mazkur holatni o‘rganib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda maxsus ishchi guruhni yubordi.

Xalq ta’limi vazirligi har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi va jamoatchilik (ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqalar)ni zo‘ravonlik holatlarini aniqlashda hushyor bo‘lishga hamda huquqbuzarlik aniqlanganda zudlik bilan Xalq ta’limi vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishga chaqiradi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahridagi 64-sonli alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internat og‘ir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobda turgan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra huquqbuzarlik sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan 11-16 yoshdagi voyaga yetmagan bolalar joylashtiriladigan yagona muassasa hisoblanadi. Shuningdek, bu yerga individual profilaktik ishlar olib borilganiga qaramasdan huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayri ijtimoiy harakatlarni sodir etishda davom etuvchi bolalar ham keltiriladi. Bugungi kunda maktab-internatda jami 109 nafar o‘quvchi, 44 nafar o‘qituvchi va 34 nafar texnik xodim mavjud.

Xalq ta’limi vazirligining maxsus ishchi guruhi huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda surishtiruv ishlarini olib borishadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra huquqbuzarlikka aloqador barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Ushbu hodisa natijalari tergov yakuniga yetgach e’lon qilinadi.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  11 nafar sportchi muddatidan avval talaba bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: