Bolalar ombudsmani bizga nima uchun zarur?

Hozirda dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iboratdir. O‘zbekistonda ham mazkur institutni joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etgan davra suhbatida bu haqida batafsil so‘z yuritildi. Unda YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan ishtirok etdi.

 

Akmal SAIDOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi:

– Bugun O‘zbekistonda bolalikni himoya qilish milliy tajribasi Konstitutsiya, kodekslar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi,“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi kabi 100 dan ortiq qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ish boshlaydigan Bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha vakil sohada davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati hamda jamoatchilik boshqaruvini rivojlantiradi. Bolalar va yoshlarning murojaatlari bilan ishlashning yangi shakl va tartiblarini ishlab chiqadi. Jamiyatning eng yosh fuqarolari bilan muloqot qilish, ularning muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish ham uning mas’uliyatidagi vazifalardan. Yangi qonun yosh avlod huquqlarini himoya qilishning mukammal milliy tizimini yaratadi.

 

Mamlakatimiz aholisining 30 foizi yoki 10 milliondan ortig‘ini aynan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Shu bois, xalqaro ekspertlar bu haqida to‘xtalganda, “O‘zbekiston yosh, mustaqil va dinamik tarzda rivojlanayotgan davlat” ekaniga alohida urg‘u beradi. Bu esa o‘z navbatida bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual hamda ma’naviy-axloqiy rivojlanishini yuqori darajada ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirmoqda.

O‘ylaymizki, mazkur institutning tashkil etilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquq va erkinliklarini tizimli nazoratga oladi. Bugunda yuz berayotgan ko‘ngilsizliklarning oldini olish borasida bolalarimizga tayanch bo‘ladi.

 

D. FAYZIYEVA

Yana o‘qing:  Infografika

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: