Yurak xuruji va uning to‘xtashini bashorat qiluvchi libos
Xitoyning “Lenovo Group” kompaniyasi va Szyansu provinsiyasi Janubi – Sharqiy universitet olimlari “aqlli” kiyim – “Smart Vest” yaratdilar.
U real vaqtda insonning yurak urishi tezligini nazorat qiladi va ushbu a’zo xastaligining dastlabki belgilari haqida ogohlantiradi.
“Smart vest” oddiy futbolka sifatida ishlab chiqariladi. Biroq, uning ichida bir kecha-kunduz davomida yurakni EKG qilish mumkin va uning shovqini, qon bosimi hamda nafas olishni nazorat qiluvchi simsiz elektrodlar, sensorlar, egiluvchan zanjirlar yashiringan. Komplektda sun’iy aql yig‘ilgan ma’lumotlarni tizimga soladigan ilova mavjud. Shunday qilib, bemor mobil ilova orqali o‘z sog‘ligini real vaqtda monitoring qilishi mumkin.
Shuningdek, ilova tashxis va yurak xastaligi rivojlanishini oldindan aytishni ham taklif qiladi. Yurak xurujini aniqlash va davolash uchun uning to‘xtashidan 8 soat oldin xabardor etish eng yaxshi natija hisoblanadi. Yaratilgan tizim insonni 2 hafta uzluksiz nazorat qilib borishi mumkin. Kiyim ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazilgan.