Murojaatdan so‘ng tibbiyot muassasasi rahbariga nisbatan qat’iy chora ko‘rildi

Yurtimizda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularda ko‘tarilgan har bir masalaga chuqur yondashib, hal etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim bugun tibbiyot sohasida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Kuni kecha Sog‘lini saqlash vazirligiga bir guruh fuqarolar yo‘llagan murojaatlardan so‘ng, Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Vazirlikning Yuridik bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi faoliyati o‘rganilganda, haqiqatan ham, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida tan olinmagan diplom bilan shaxslarni davlat sud eksperti sifatida ishga qabul qilish holati, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning noto‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, eng achinarlisi, umuman foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan tibbiy vositalardan foydalangan holda ekspertiza o‘tkazish va xulosa tuzish kabi bir qator qonunbuzarlik­larga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan Toshkent viloyati sud-tibbiy ekspertiza byurosi bosh­lig‘i M.Haydarov belgilangan tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. To‘plangan materiallar esa aybdor shaxslarning javobgarligini hal etish uchun prokuratura idoralariga yuborildi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, tibbiyot xodimlari salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishonchini oqlashi lozim. Bugungi kun shifokorining shiori ham, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi ham aynan xalq ishonchi va aholi roziligi bo‘lmog‘i lozim.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Astronomlar yangi sayyorani suratga olishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: