Sun’iy qon yaratildi
Vashington universiteti Tibbiyot maktabining bir guruh tadqiqotchilari inson qonining sintetik o‘rinbosarini yaratdi. “Erythromer” deb nom berilgan suyuqlik 48 soat davomida organizmni kislorod bilan ta’minlashi mumkin.
Ushbu suyuqlik inson qonini o‘rnini bosuvchi dorivor vosita bo‘lib hisoblanmaydi. U faqat odam organizmining barcha hujayralariga kislorod yetkazib berish vazifasi qayta tiklangunga qadar vaqtinchalik zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda shunga o‘xshash boshqa vositalar ham mavjud. Lekin ularning qo‘llanilishi bemorlarda allergik reaksiya, zaharlanish, hattoki, to‘qimalarni zararlanishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. “Erythromer” bunday kamchiliklardan xoli bo‘lib, kukun ko‘rinishida qadoqlangan inson gemoglobinidan iborat. Uni faollashtirish uchun alohida eritmaga (oddiy tuzli eritma ham to‘g‘ri keladi) qo‘shiladi va shundan so‘ng qon kabi quyiladi. Kukunni saqlash muddati olti oy qilib belgilangan. Uni tashish va saqlash oddiy va qulay.
Dilnoza ORIFOVA