Burchdan bo‘yin tovlamang
Farzandni tarbiyalash, uni voyaga yetkazish har bir ota-onaning burchi hisoblanadi. Ammo mana shunday baxt va o‘z burchidan bo‘yin tovlab, daydi misol hayotning asl mazmunini haligacha anglab yetmaganlar ham oramizda topiladi.
Ana shundaylardan biri Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi Turg‘un Norov bo‘lib, u 2014 yildan buyon qidiruvda. Sababi, ikki nafar farzandini boqish unga malol kelib, ular uchun aliment puli to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Sobiq turmush o‘rtog‘i Zebiniso Ismoilova esa yosh farzandlarining tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgani sabab ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Endilikda Turg‘un Norov qilmishining jabrini uning yaqinlari tortishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-moddasiga asosan qidiruvdagi otaning yaqin qarindoshlaridan 9 million 912 ming so‘m jarima puli uning farzandlariga undirib berilgan.
Ana shunday ishlarni oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi hamda ichki ishlar bo‘limi hamkorlikda qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tortayotgan shaxslar va qidiruvdagi qarzdorlarni topish, qarzdorlik summasini undirish borasida amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Qidiruvdagi qarzdorlarning surati yashash joyi va jamoat joylariga tarqatilib, keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
J. QURBONOV
Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi Qidiruv bo‘yicha katta inspektori