Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan muhim hujjat qabul qilindi
Oliy Majlis Senatining 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 15-yalpi yig‘ilishida “Jamoat joylarida chilim va sigaret chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagandi. Belgilab qo‘yilganidek, ushbu qonunning maqsadi jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini chilim va elektron sigaretalar chekishning zararli ta’siridan, u bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilishga, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.