Kanadalik olimlar xurrakka qarshi kurashadigan uskuna yaratdi

Saymon Freyzer universitetining bir guruh mutaxassislari xurrakni kelib chiqishini oldini oluvchi va tush haqida ma’lumot yig‘uvchi yangi uskuna yaratdilar.

Uskuna maxsus bandaj yordamida iyakka bog‘lanadi va ortiqcha noqulaylik tug‘dirmaydi. Yangi vosita yordamida nafas yo‘li ochiladi va til orqaga tortilib, kichik tilcha – “lak-luk”ning yopilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada xurrak paydo bo‘lmaydi. Bundan tashqari uskuna smartfonga moslashtirilib, unga tush haqida ma’lumot uzatib turadi. Ushbu usul orqali inson nafaqat xurrakdan qutiladi, balki uning uyqusi ham nazoratga olinadi.

Bu qurilmani kashfiyotchilar hali sotuvga chiqarishga shoshilmayapti. Chunki uning ustida olib borilayotgan klinik tajriba hali davom etmoqda. Apparatdan foydalanishning maqsadga muvofiqligi haqida faqat uning ishlashi insonda sinab ko‘rilganidan keyin xulosa qilish mumkin. Shuni qayd etish lozimki, yangi uskuna oldin yaratilgan shunga o‘xshash buyumlardan samaradorligi bilan ajralib turishi ta’kidlanmoqda.

 

Saodat ZULFIQOROVA,

Sergeli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Gemodializ muolajasi qanday bemorlarda amalga oshiriladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: