Qovun pashshasidan ehtiyot bo‘ling

Keyingi paytlarda mirishkorlarimiz qovun yetishtirishda muammolarga duch kelishayotganligi bot-bot ta’kidlanmoqda. Chunki polizlarga in qurib olayotgan turli zararkunanda hasharotlar, kasalliklar tilimi tilni yoradigan qovunlarimizga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Ayniqsa, “bo‘rikalla”, “qora bo‘rikalla”, “shakarpalak”, “doniyori”, “qariqiz” kabi qovun navlari bugun polizlarimizda, bozorlarimizda deyarli yo‘qolib borayotir. Zararkunandalar orasida qovun pashshasi ayniqsa, keng tarqalgan.

Ilmiy nomi “myiopardalis pardalina” bo‘lgan bu hasharot yurtimizga Kavkaz va Kavkazoldi hududlaridan kirib kelgan. Xorazm O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutining ma’lumotlariga qaraganda, qovun pashshasi bizning sharoitda mavsum davomida uch va undan ko‘p miqdorda avlod beradi. Hasharot qish mavsumida 5-15 santimetr tuproq ostida soxta g‘umbak holida yashaydi. May oyi oxiri va iyun oyining birinchi o‘n kunligida, ya’ni qovun palaklarining gullashi va meva tugishi davrida uchib chiqadi. Har bir yetilgan nasldan keyin zararkunandalarda yana 23-30 kundan so‘ng yana nasl paydo bo‘ladi. Bitta pashsha qovun po‘sti ostiga 100-150 tagacha urug‘ qo‘yadi. Oqibatda, qovunlar pishmasdan dalada chirib, aynib ketadi. Bunday qovunlarni hatto, chorva mollari ham yemaydi. Lekin pashsha po‘sti qotgan qovunlarga urug‘ qo‘ya olmaydi.

Zararkunanda hasharotga qarshi kurashda gektariga 2 litr 36 foizli “del-tafos”, 25 foizli “siraks”, 50 foizli 1 litr “karbafos” 600 litr suvda aralashtirilib, yoz oyida ishlov beriladi. Ko‘rsatilgan kimyoviy preparatlar bilan vaqtida sifatli ishlov berilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin. Bu tadbirlar paykallarimizda mazali qovunlar yetishtirish imkoniyatini yaratadi.

 

Jasur MURODOV,

Toshkent yuk saroyi karantin inspektori

Yana o‘qing:  KAMQONLIKNI BIR ZUMDA ANIQLASH MUMKIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: