Patronaj xizmati yanada takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ehtiyojmand oilalardagi bemorlar va reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq kasalligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga manzilli tibbiy yordam ko‘rsatish, “Ona va bola skriningi” markazi va Respublika aholi reproduktiv markazi hamda ularning bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutida tashkil etilgan “Oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholiga manzilli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining dolzarb masalalari” mavzusidagi amaliy seminar ham ayni shu masalaga bag‘ishlandi.

Anjumanda asosiy e’tibor patronaj xizmati sifatini yanada yaxshilashga qaratildi. Homilador ayollar, go‘daklar, yosh oilalar, keksalar va parvarishga muhtoj yolg‘iz qariya, nogironligi bor shaxslarga uy sharoitida manzilli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilash haqida so‘z yuritilib, bu borada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Elmira BOSITXONOVA,

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari:

– Tug‘ma va nasliy kasalliklarni erta aniqlash, nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida 2017 yil 25 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi. Qaror ijrosi sifatida skrining markazlari xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarda tug‘ma nuqsonlarni tasdiqlovchi ultratovush tekshiruvini o‘tkazadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra homilada rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari yoki xromosom sindromlar aniqlanganda tibbiy-genetik ko‘rsatmalarga muvofiq homiladorlikni to‘xtatishga tavsiya beriladi. Shu kabi sa’y-harakatlar natijasida bolalarning sog‘lom dunyoga kelishi ta’minlanmoqda.

 

Dilorom TOSHMUHAMMEDOVA,

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari:

– Yurtimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” shiori davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Sababi, farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyuk bo‘ladi. Shu bois, bolalarni sog‘lom dunyoga kelishida homiladorlikka katta ahamiyat beriladi.

Bugungi tadbirda aynan homilador ayollar va chaqaloqlar salomatligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi. Xususan, patronaj xizmatiga ona va bola salomatligiga mas’ul markaz sifatida katta vazifalar yuklatilgan.

Seminarda ushbu xizmatni tubdan modernizatsiya qilish va takomillashtirish, bu yo‘nalishda aniq natija va samaradorlikka erishish masalalari muhokama qilindi hamda hamkorlikdagi zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

D. FAYZIYEVA

Yana o‘qing:  AYOL OMON BO‘LSA, xonadon obod

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: