“Ayollar maslahatxonasi” shahar va tuman tibbiyot muassasalarida tashkil etilmoqda
Har yili mamlakatimizda 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvidan o‘tkazilsa-da, natijasi amalda sezilmayapti. Shu bois, oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida “Ayollar maslahatxonasi” tashkil etilayotir.
Farg‘ona viloyatdagi 19 markaziy, 26 shahar oilaviy hamda 88 qishloq oilaviy poliklinikalari, 62 qishloq vrachlik punkti qoshida o‘smir qizlar va fertil yoshdagi ayollar uchun “Ayollar maslahatxonasi” tashkil etildi. Bu yerda xotin-qizlarga tibbiy, ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayni kunlarda viloyatdagi barcha “Ayollar maslahatxonasi” zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Yaqin kunlarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi tezkor aloqa tarmog‘i ishga tushiriladi.